"Obod" - "Paxtakor". Uchrashuv raqamlari va ma'lumotlar

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2017
24 iyun kuni "Paxtakor" birinchi davrani "Obod"ga qarshi safardagi o'yin bilan yakunlaydi.

"Obod" oliy ligaga o'tgan mavsum chiqqani sababli jamoalar o'zaro 2 bor to'qnash kelishgan xolos. O'tgan yili safarda 4:1 hisobida zafar quchgan "Paxtakor" uyda 1:1 hisobida durang o'ynagandi. Endi uchinchi bellashuvga guvoh bo'lamiz.

O'yinda "Paxtakor" sardori Kamoliddin Tojiev diskvalifikaciya tufayli maydonga tushmaydi.

Uchrashuvda Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlaydi.

"OBOD" – "PAXTAKOR"
Hakamlar
: Ilgiz Tantashev (Buxoro), Andrey Sapenko (Toshkent viloyati), Ravshan No'monov (Toshkent), Firdavs Norsafarov (Qarshi).
Nazoratchi: Sardor Najafaliev (Toshkent).
PFL vakili: Sanjar Rizaev.

Yoshlar tarkiblari o'yini 23 iyun, juma kuni 17:30da "Obod" stadionida boshlanadi. Asosiy jamoalar bellashuvi 24 iyun, shanba kuni "Jar" stadionida 18:30da start oladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz