

"Neftchi" klubi musobaqani 15-o'rinda yakunlagani bilan kuchlilar safini tark etmaydi, agarki FIFA so'nggi pallada "Sho'rtan" masalasini g'uzorliklar foydasiga hal qilmasa. So'nggi qaror kuchiga ko'ra 2018 yilni "Sho'rtan" 1-ligada o'tkazadi.
Birinchi ligada "Cementchi" jamoasi 10 ochko farq bilan ikkinchi o'rindagi "Andijon"dan o'zib ketgan. Ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan klub o'z-o'zidan pley-offsiz yuqori liga yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
2019 yilda oliy liga jamoalari soni keskin kamayib ketishi mumkin. Oliy liga va birinchi liga saviyasini o'stirish maqsadida qilinayotgan bu ish qanday ko'rinishda bo'lishi dekabr oyida bo'lib o'tadigan qur'a tashlash marosimida e'lon qilinishi mumkin.



