OAV diqqatiga: “Lokomotiv” OCHL-2019 uchun akkreditatsiya jarayonini boshladi

Mirjalol Normatov
15 fev 2019
“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati jurnalistlarni Osiyo Chempionlar Ligasi bahslari uchun akkreditatsiyadan o'tkazish jarayonini boshlaganini ma'lum qilamiz.

Bilasiz, O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" klubi Osiyo Chempionlar Ligasi-2019 mavsumida “B” guruhida ishtirok etadi. “Lokomotiv”ning uy uchrashuvlarida o'yinoldi va o'yindan keyingi matbuot anjumanlari, media-tribuna, matbuot markazi, mikst-hudud hamda darvozalar ortiga (suratkashlar uchun) o'tib borish huquqini beradigan ruxsatnoma kartochkalarini olish uchun jurnalistlardan arizalar 15 fevraldan 25 fevralga qadar qabul qilinadi.

Buning uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari “Lokomotiv” PFK matbuot xizmatiga o'z tashkilotlari rahbari nomidan akkreditatsiyadan o'tkazish uchun xat, 3x4 hajmdagi fotosurat, pasportdan nusxa taqdim etishlari so'raladi. Hujjatlar  lokomedia@mail.ru  elektron manzili orqali qabul qilinadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz