"Nyukasl" "Union" forvardi uchun 30 million evro to'lashi mumkin

Alisher
5 apr 2022, 11:30
"Union" forvardi Tayvo Avoniyi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

24 yoshli nigeriyalik futbolchiga "Nyukasl" klubi qiziqish bildirmoqda.

Berlin klubi o'yinchi bilan 30 million evroga xayrlashishga tayyor. Forvard uchun shuningdek "Vest Xem" va "Sautgempton" davogarlik qilmoqda.

Avoniyi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Bild