"Nyukasl" shu qishda "Borussiya"ning 18 yoshli futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Administrator
10 yanv 2023
Gap Yussufa Mukoko haqida ketmoqda.

"Nyukasl" klubi "Borussiya D" futbolchisi Yussufa Mukokoga qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi allaqachon futbolchining transferi borasida dortmundliklarga 30 mln evrolik taklif bilan chiqishgan. 18 yoshli futbolchiga yiliga 9 mln evro maosh ham taklif qilingan. Biroq futbolchi nemis klubida qolish niyatida. 

"Nyukasl" ushbu kelishuvni qishdayoq hal qilish niyatida. Ma'lumot uchun, "Borussiya" va Yussufa Mukoko o'rtasidagi shartnoma ushbu mavsum oxirida yakuniga etadi.


AdministratorMuallif
Manba: Sport1