"Nyukasl" Papiss Sisse borasida taklif olmadi

Tolibjon Qosimov
13 yanv 2014, 11:56
Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, "Nyukasl"ning senegallik hujumchisi Papiss Sisse klubdan ketmasligi deyarli aniq.
"Hakkalar" bosh murabbiyi Alan Pardyuning aytishicha hech kim 28 yoshli futbolchi borasida taklif bilan chiqmagan.
Shu bois Loik Remi va Yoan Guffranga raqobatni boy berib qo'ygan Sisse klubda qoladi.

Futbolchiga "Trabzonspor" va "KPR" klublari qiziqishgani haqida xabarlar chiqqandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net