"Nyukasl" o'z yarim himoyachisiga uzoq muddatli shartnoma taklif qildi

Alisher
1 may 2022
"Nyukasl" yarim himoyachi Shon Longstaff bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Klub 24 yoshli angliyalik futbolchiga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qildi va o'yinchining erkin agent maqomida ketishini oldini olish uchun uni saqlab qolmoqchi.

Longstaff - "Nyukasl" tarbiyalanuvchisi. U 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Futbolchining shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: The Times