

Bu haqda "Tribal Football" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchiga "Nyukasl" qiziqmoqda. Rahbariyat gruziyalikning transferi uchun 100 million evro sarflashga tayyor.
Kvaratsxeliyaning "Napoli" bilan kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. 22 yoshli gruziyalik futbolchi joriy mavsum Neapolitan klubi safida 23 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 14 ta golga assistentlik qildi.



