Nyubel jamoadan ketmoqchi

Mirjalol Normatov
7 mar 2021
"Bavariya" posboni Aleksandr Nyubel yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoasini o'zgartirmoqchi.

"Bild" xabariga ko'ra, kiper doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi. Qayd etish kerak, hozirda u raqobatda Manuel Noyerga yutqazmoqda va deyarli maydonga tushmayapti.

24 yoshli posbon 2020 yilning yozida "Shalke"dan erkin agent sifatida myunxenliklar safiga o'tgandi. U ushbu mavsumda 2 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild