Nurillo To'xtasinov: "Namanganlik muxlislarni chempionlik bilan xursand qilmoqchimiz"

Iskandarov Abdulaziz
7 fev 2022
Qishki transferlar oynasi vaqtida "Navbahor" bilan shartnoma imzolagan Nurillo To'xtasinov kechagi mashg'ulotdan so'ng saytimizga qisqa fikrlarini bildirdi.

"Navbahor"ga ko'chganimni sababi klub oldiga katta maqsadlar qo'yilgan. Mana shu jihat e'tiborimni tortdi. Nasib qilsa 2022 yilda chempionlik bilan namanganlik muxlislarni xursand qilmoqchimiz. "Bunyodkor"da ham o'ng qanotda o'ynaganman. "Navbahor"da o'rtada, o'ng qanotda murabbiylar sinab ko'ryapti. O'ylaymanki, bu borada muammo bo'lmaydi. Raqobatdan qo'rqmayman. Bu narsa o'sish uchun kerak",- deydi Nurillo To'xtasinov.


 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia