Nurali Padarov: "Bunyodkor" yoshlari tartibli o'yin namoyish qilishadi"

Narzulla Saydullayev
11 may 2017
“Sho'rtan” yoshlar jamoasi yoshlar ligasi 10-turida “Bunyodkor” klubiga qarshi o'ynaydi.

Bugun  G'uzor shahridagi  “Bolalar sport majmuasi” o'yingohida  bo'lib o'tadigan bahs soat 17:00 da boshlanadi.

O'tgan mavsumda o'y-safar bahslarida yosh “qaldirochlar” g'uzorlik futbolchilar ustidan ikki uchrashuvda ham  g'alaba qozonishgandi.

Asror Aliqulov shogirdlari o'tgan turda safarda “Buxoro”  jamoasidan 3:1 hisobida  mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatga alamini tortib kurishgan edi. O'tgan haftadan g'uzorlik yosh futbolchilar ikki mahaldan  bo'lajak bahsga jiddiy tayyorgarlik olib borishdi.

Bugungi uchrashuv olididan “Sho'rtan” jamoasi a'zosi Nurali Padarov fikrlari bilan qiziqdik:

- Bugungi o'yin qiziqarli kechadi. Toshkentliklar tartibli o'yin namoyish qilishadi. O'z maydonimizda muxlislarimiz ko'z o'ngida g'alaba qozonmoqchimiz. O'ylaymanki, jamoadoshlarim bilan oxirgi daqiqalarga qadar, maydoni har bir qarichi uchun kurash olib boramiz.

Avval ham aytgandim,muxlislarni g'alabalarimiz bilan quvontirishni maqsad qilganmiz. Fursatdan foydalanib, bizni oxirigacha qo'llab-quvvatlayotgan ishqibozlarimizga rahmat aytaman, - deydi Nurali Padarov.

Faxriddin Choriev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia