"Nurafshon" - "Zomin". Jamoalar qaysi rangli liboslarda o'ynaydi?

Mirjalol Normatov
21 avg 2018, 16:17
Bugun O'zbekiston Pro-ligasining 22-turi doirasida "Nurafshon" o'z maydonida "Zomin" jamoasini qabul qiladi.

Ushbu bahs boshlanishidan oldin ikki tomon vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi va unga o'yinning tashkiliy masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, jamoalar maydonda harakat qiladigan liboslari ham tanlab olindi.

Unga ko'ra, mezbonlar "Nurafshon" jamoasi och yashil, "Zomin" esa oq rangli liboslarda harakat qilishadi.

Uchrashuv soat 17:15da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia