"Nurafshon" U-16 chempionatida qatnashadimi? Buxoro viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasidan rasmiy munosabat

Narzulla Saydullayev
9 noya 2021
Championat.asia saytida "Nurafshon" klubi haqida muallif Faxriddin Ro'ziev tomonidan “Ana xolos! Superliga uchun kurashayotgan "Nurafshon" 1-ligaga tushib ketishi mumkin” sarlavhasi ostida maqola chiqqan edi.

Maqolaga ko'ra, Buxoroning "Nurafshon" klubi bugun O'zPFLga xat yuborib, U-16 jamoasi mazkur musobaqada ishtirok etmasligini bildirgan. Championat.asia'ga ma'lum bo'lishicha, buxoroliklar bunga mavjud moliyaviy muammolarni ro'kach qilib ko'rsatmoqda. Lekin, bu qaror Buxoro viloyati bosh jamoasining taqdiriga jiddiy ta’sir qilishi mumkinligi va "Nurafshon" ayni paytda Superliga pley-off bosqichiga yo'llanma olish uchun "Olimpik" bilan kurashayotgani, shu bilan birga buxoroliklar bu yo'lda muvaffaqiyat qozonsa ham, U-16 jamoasi respublika birinchiligida qatnashmagan taqdirda O'zbekiston chempionatining yuqori divizionida ishtirok etish huquqidan mahrum bo'lishi mumkinligi aytib o'tilgan edi.

Biroq biz vaziyatni o'rganish maqsadida Buxoro Futbol klubi sport direktori Umidjon Xotamovga murojaat qilganimizda Umidjon bizga mablag' masalasi bo'yicha umuman muammo bo'lmaganligini, jamoa har doim musobaqalarda ishtirok etib kelganligini va joriy yilning 11-21 noyabr kunlari Toshkent shahrida U-16 jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan O'zbekiston chempionati musobaqalariga samarali ishtirok etish maqsadida "Buxoro" futbol klubiga qarashli 3-son Bolalar-o'smirlar futbol maktabi maydonida safar oldi o'quv-yig'in mashg'ulotlari ayni damda qizg'in kechayotganini hamda "Buxoro" futbol klubining U-16 jamoasi musobaqalarga ishtirok etish uchun 10 noyabr kuni xizmat safariga yo'lga chiqayotganligini va mazkur musobaqada ham albatta muvafaqiyatli qatnashishini ma'lum qildi.



Buxoro viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: