Nunu Santu "Lacio" ustoziga aylanishi mumkin

Sherzod Nurmatov
30 may 2021
Portugaliyalik mutaxassis "burgutlar" bosh murabbiyi etib tayinlanishga yaqin turibdi.

Nunu Eshpiritu Santu "Vulverxempton"ni tark etdi va yangi jamoa izlamoqda.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, mutaxassis Simone Inzagi bilan xayrlashgan "Lacio"ni boshqarishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Nunu Eshpiritu Santu 2017 yildan beri "bo'rilar"da ishlaydi. U 2017/18 yilgi mavsumda Chempionshipda g'olib bo'lib, jamoani Premer-ligaga olib chiqdi.

Uning yuqori diviziondagi eng katta yutug'i Angliya chempionatidagi ettinchi o'rin sanaladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato

O'xshash yangiliklar