Nunu Eshpiritu Santu: "Birlashib kuchli dushmanga qarshi jang qilishimiz kerak"

Alisher
11 avg 2020, 11:13
"Vulverxempton" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu Yevropa Ligasi 1/4 final doirasidagi "Sevilya"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu mavsumda Yevropada necha kilometr yo'l bosib o'tganimizni tasavvur ham qila olmayman. Darhaqiqat, uzoq yo'l bosildi. Men yigitlardan harakatlarimiz samarasiz ketmasligi uchun hamma narsani qilishni so'radim. Endi yana birlashib kuchli dushmanga qarshi jang qilishimiz kerak.

Biz bu turnirdagi ishtirokimizni bir yildan ko'proq oldin "Kruzeyders"ga qarshi o'yin bilan boshladik. Bu juda uzoq yo'l edi. Yevropa Ligasining eng kuchli 8 jamoasi orasida bo'lish - ajoyib natija. Bunga qancha mehnat sarflanganini hamma bilishi kerak", - deydi Santu.

Eslatib o'tamiz, o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com