Nukusda qoraqalpog'istonlik futzal murabbiylari uchun o'quv kursi tashkil etildi

Narzulla Saydullayev
20 mar 2017
Mamlakatimizda O'zbekiston futbol federatsiyasi hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi hamkorligida futzal murabbiylarining malakasini oshirish maqsadida o'quv kurslari o'tkazib kelinayotir.

Jumladan, joriy yilning 10–15 mart kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasida futzal murabbiylari uchun OFKning “Level-1” dasturi bo'yicha besh kunlik xalqaro  o'quv kursi tashkil etildi. Nukus olimpiya zaxiralari kolleji bazasida olib borilgan nazariy va amaliy mashg'ulotlar jarayonida  jami 19 nafar, shundan Nukus shahridan 13 nafar, Xo'jayli tumanidan 3 nafar, Nukus, Kegeyli va Qorao'zak tumanlaridan  bir nafardan murabbiy tahsil oldi.

Mazkur kurs ishini OFK instruktori Avaz Maqsumov boshqarib bordi. O'z navbatida unga “Level-2” licenziyasiga ega bo'lgan  O. Jalimov(Nukus) va K. Xromov(Toshkent)  assistentlik vazifasini o'tadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi  futbol federatsiyasining birinchi vice prezidenti V. Nazarovning takidlashicha, endilikda “Level-1” licenziyasini qo'lga kiritgan murabbiylar “Level-2”  va “Level-3”  darajalari uchun o'qishni davom ettirishi  mumkin.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia