Nozim Mullaoxunov: "Shogirdlarim bergan ko'rsatmalarimni to'la bajara olishmagani uchun ikki ochkoni boy berdik"

Narzulla Saydullayev
3 noya 2016
O'zbekiston birinchiligining 35-turidan o'rin olgan “Nasaf-2” - “UzDongJu” (2:2) bahsidan so'ng “UzDongJu” jamoasi ustozi Nozimjon Mullaoxunovning fikrlari bilan qiziqdik:

“Natija o'yinga mos bo'ldi. Shogirdlarim bergan ko'rsatmalarimni to'la-to'kis bajara olmagani uchun ikki ochkoni boy berdik. Oldingi turlardagi tajribali jamoalar bilan o'yindan keyin shogirdlarimda charchoq alomatlari sezilib koldi, balkim yo'ldan charchab kelishgandir lekin buni bahona qilish noo'rin. Keyingi uchrashuvlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rib kamchiliklar ustida ishlaymiz”, - deb so'zini yakunladi Mullaoxunov.

"UzDongJu" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia