Nozim Mullaoxunov: “Mag'lubiyatga qaramay shogirdlarim bilan faxrlanaman”

Narzulla Saydullayev
7 noya 2016
O'zbekiston birinchiligining 36-turidan o'rin olgan "Mashal-2" - "UzDongJu" 4:2 bahsidan so'ng “UzDongJu” jamoasi murabbiyi Nozim Mullaoxunov fikrlari bilan qiziqdik:
"Bugungi g'alaba bilan raqib jamoani tabriklayman. Ular bugun o'z maydonidagi so'nggi o'yini bo'lganligi uchun bizdan ko'ra ko'proq g'alaba qozonishni xohlashdi. Shogirdlarimning kichik xatolari mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi. Shunday bulsada men shogirdlarim bilan faxrlanaman, kelajakda ulardan terma jamoalarimizga nomzod futbolchilar etishib chiqishini tilab qolaman", -deb so'zini yakunladi Mullaoxunov.

"UzDongJu" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia