Noyer yaqin vaqtlarda jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi

Mirjalol Normatov
10 fev 2020
"Bavariya" prezidenti Xerbert Xayner jamoa darvozaboni Manuel Noyerning kelajagi borasidagi fikrlarini bildirdi.

"Noyerga Myunxen yoqadi. U jamoaning eng qadrli futbolchilaridan biri. Shu boisdan u bilan yangi shartnoma borasida ishlayapmiz. Bu borada optimistman", - dedi Xayner.

Noyer 2011 yildan buyon myunxenliklar tarkibida o'ynamoqda. 33 yoshli posbon ushbu mavsumda Bundesliganing 23 o'yinida qatnashib, 23 gol o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild