Noyer: " Gvardiola "Bavariya"ni tark etayotgani alamli, u menga katta yordam berdi"
Aslanov Jasurbek
28 yanv 2016
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola nomiga iliq so'zlar aytdi.
"Gvardiola "Bavariya"ni tark etishi alamli. Jamoa uning qo'l ostidagi so'nggi mavsumda sovrinlar yutib oladi degan umiddaman. Gvardiola klubimiz va ayniqsa men uchun ajoyib murabbiy bo'ldi U menga katta yordam berdi" - deydi Noyer.