

Bu haqda "TalkSPORT" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli portugaliyalik futbolchiga Saudiya Arabistonining "Neom" jamoasi qiziqmoqda.
Silva 2024/25 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 38 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 15 million evroga baholamoqda.



