Nolito: “Sevilya” MYUni mag'lub etishga urinib ko'radi

Nolito YCHL doirasida “Sevilya” va “Manchester Yunayted” o'rtasida bo'lib o'tadigan o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Manchester Yunayted” ajoyib jamoa, ammo biz tortinib o'tirmaymiz. Jamoamiz eng yaxshilar bilan kurashishi shart. O'z maydonimizda hujum qilib, g'alabaga erishishga harakat qilamiz. Keyin esa Manchesterda ijobiy natija uchun intilamiz. Raqibda yaxshi tarkibga ega jamoa bor. Bu Angliyaning eng buyuk jamoalaridan biri. Ularning darvozasida esa dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri - David de Xea turadi, - deydi Nolito.


Manba: Mundo Deportivo