Nodir Qo'ziboev va Kamol Jo'nashev boshchiligidagi "Iftixor" jamoasi Pro-ligaga chiqmoqchi

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2018
Farg'ona viloyati chempioni – Oltiariqning “Iftixor” jamoasi yangi mavsumga ulkan niyatlar bilan tayyorgarlik ko'rmoqda.

Ushbu jamoa o'z oldiga Pro-ligaga chiqish vazifasi qo'ygan. Nodir Qo'ziboev va Kamol Jo'nashev boshchiligidagi mashg'ulotlar qiziqarli tarzda o'tayotganini takidlash joiz.

“Iftixor” jamoasi ertaga, 24 yanvar kuni yana bitta nazorat uchrashuvida ishtirok etadi. Oltiariqliklarning bu galgi raqibi – Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” o'rinbosarlari bo'ladi.

Mazkur o'yin 12:00da Oltiariqdagi “Markaziy” stadionda boshlanadi.

Bu nazorat uchrashuvlari orqali murabbiylar shtabi bir qator iqtidorli, asosan yosh futbolchilarni sinovdan o'tkazib, o'z jamoalarini shakillantirmoqdalar.  

Ushbu jamoa fevral oyida Rossiya federatsiyasining Orenburg shahrida yig'in o'tkazilishi rejalashtirgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oltinvodiy.uz