Nodir Eliboev: "Birinchi va oxirgi xatolar raqibga qimmatga tushdi"

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2025
BMB hamda "Oil Star" jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi (4:1) bahsidan so'ng g'olib jamoa ustozi Nodir Eliboev hissiyotlari bilan bo'lishdi.

Nodir Eliboev - Futzalimiz borgan sari rivojlanib, muxlislar ko'payib boryapti. Bunday bahslar qancha ko'p bo'lsa, ishqibozlar va futzalchilar foyda ko'radi.

- Raqib sizni bugun hayron qoldira oldimi?

- Ular ham, biz ham hayron qoldiradgan ish qilmadik deb o'ylayman. Chunki bir-birimizni yaxshi bilamiz. Bugun xatolarimiz kamroq bo'lgani tufayli bunday natijaga erishgandirmiz. Birinchi va oxirgi xatolar raqibga qimmatga tushdi.

- Birinchi bo'limning ikkinchi qismida BMBda pasayish kuzatildi...

- Hisobda oldinga chiqib olgandan keyin biroz bo'shashgandirmiz. Buning ustida ishlashimiz kerak deb o'ylayman.

- Mavsum qanday o'tdi, futzal qanday rivojlanyapti?

- Mavsum ko'tarinki ruhda o'tdi. Kubok huddi chempionatdek o'tdi. Qo'yilgan sovrinlar har bir jamoa uchun o'zgacha motivaciya bo'ldi. Shaxsan men uchun juda qadrli o'tdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia