Nikola Lazarevich: "Bugungi bahs "Qizilqum"ning joriy mavsumdagi eng qiyin o'yini bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
26 apr 2022
Superliga 5-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Qizilqum" (0:1) uchrashuvidan so'ng navoiyliklar ustozi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Avvalo, "Olimpik" jamoasiga o'yin uchun rahmat aytaman. Bu yosh futbolchilardan iborat jamoa menga yoqadi. Ularga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman. 

Kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Biz "Olimpik"ning o'yinlarini batafsil o'rganib chiqqandik. 

Bugun juda qiyin bo'ldi. "Qizilqum" ushbu mavsumda favoritlardan ko'p ochko oladi. 

- Bugungi bahs "Qizilqum"ning joriy mavsumdagi eng qiyin o'yini bo'ldimi?

- Ha, shunday. Biz buni bilgandik va kutgandik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia