Nikita Ribkin: "Endi e'tiborni ichki musobaqalarga qaratamiz"

Narzulla Saydullayev
4 may 2016
"Paxtakor" darvozaboni "Al-Jazira"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida
Biz oldindan kutganimizdek g'alaba qozondik, afsuski narigi bahsda "Al-Hilol" g'olib chiqdi. OCHLdan chiqib ketdik, endi oliy ligada yo'qotilgan ochkolar o'rnini to'ldirishimiz kerak.

OCHLni tark etish haqida
Menimcha birinchi turda "Al Hilol" bilan o'yinda g'alabani qo'ldan chiqarganimiz tufayli guruhdan chiqa olmadik. Yutishimiz kerak edi, biroq durang bo'lgandi. Yo'l qo'ygan xatolarimiz ustida ishlaymiz. Endi e'tiborni ichki musobaqalarga qaratamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia