Nihoyat! "Nasaf"ga 2020 yilgi Superliga kumush medallari topshirildi. Ro'ziqul Berdiev marosimda ishtirok etmadi

Narzulla Saydullayev
27 fev 2021
Bugun Qarshi shahridagi Yoshlar markazida "Nasaf" futbolchilariga 2020 yilgi Superliga uchun kumush medallari topshirildi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev futbolchilarni tabriklar ekan, Respublikada uchtadan biri bo'lgan jamoa albatta qo'llab-quvvatlanishini aytib o'tdi.

"Pandemiya barchamiz uchun og'ir kechdi. Lekin shuni alohida aytmoqchimanki, moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan "Nasaf" qahramonlik ko'rsatdi. Klub o'z vadasida turdi. Klub kumush medallarga ega chiqdi. Demak, Respublikada uchta klubdan biri bo'lgan jamoani qo'llashimiz kerak", - dedi Zoyir Mirzaev.

Taqdirlash marosimida Ro'ziqul Berdiev bilan bog'liq masala shukungacha murabbiy bilan nega shartnoma imzolanmagani ham so'raldi. Klub bosh direktori Sergey Kucherenko klub bosh murabbiyi bilan dushanba kuni shartnoma imzolanishini aytib o'tdi. Berdiev kuni kecha Toshkentda oyog'ini operaciya qildirgani bois ushbu marosimda ishtirok eta olmadi.

Shundan so'ng, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev "Nasaf" futbolchilari va rahbariyatiga kumush medallarni topshirdi.

Taqdirlash marosimida klubning eng yaxshilari turli nominaciyalarda taqdirlandi.

Eng yaxshi xujumchi - Bobir Abdixoliqov

Eng yaxshi darvozabon - Abduvohid Ne'matov

Eng yaxshi futbolchi - Marko Stanoevich

Eng yaxshi umidli yosh futbolchi - Husniddin Aliqulov





Nomoz Choriev
Qarshi shahridan maxsus


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia