Nigeriya terma jamoasiga qurolli shaxslar hujum qilishdi

Narzulla Saydullayev
13 okt 2016
Nigeriya terma jamoasi a'zolari Zambiyaga qarshi o'yindan so'ng (2:1) Abudja aeroportida qurolli hujumga duch kelishdi, deb xabar bermoqda The Sun.

Ikki erkak o'zini policiya vakili sifatida tanishtirib Nigeriya futbol Federatsiyasi vice-prezidenti Shexu Dikkoni qo'lga olishmoqchi bo'lishdi. Ulardan biri cho'ntagidan qurol chiqarib uning ishiga kim aralashadigan bo'lsa o'q uzishini ma'lum qildi.

Ulardan qamoqqa olish orderini so'rashganida jinoyatchi qurolni fotografga qarab o'qtaldi va havoga o'q uzi.

Terma jamoa aeroport binosidan evakuaciya qilindi. Bu vaziyatda hech kim jarohat olgani yo'q.

Nigeriya terma jamoasi safida Jon Obi Mikel (Chelsi), Aleks Ivobi (Arsenal), Kelechi Ixeanacho (Manchester Siti) va Ahmad Musa (Lester) kabi mashhur futbolchilar bor edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: thesun.co.uk