Nigeriya JCH saralashidagi mag'lubiyatdan so'ng Kongo DR ustidan FIFAga shikoyat qildi. Bazi kongolik futbolchilarda Yevropa pasportlari bor, bu esa mamlakat qonunchiligida taqiqlangan

Aslanov Jasurbek
17 dek 2025
Nigeriya Kongo Demokratik Respublikasini terma jamoa o'yinchilarining fuqaroligi bilan bog'liq firibgarlikda aybladi.

Nigeriya futbol federatsiyasi Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi tarkibi yuzasidan FIFAga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.

Avvalroq Nigeriya terma jamoasi Afrika kvalifikaciyasining 3-bosqichida Kongo DR terma jamoasiga penaltilar seriyasida yutqazib, JCH-2026 ga chiqish imkoniyatini yo'qotgan edi. Kongoliklar qitalararo o'tish o'yinlarida qatnashish huquqini qo'lga kiritdilar.


"ESPN" xabariga ko'ra, Nigeriya futbol federatsiyasi JCH saralashida o'ynagan Kongo DR terma jamoasining qo'sh fuqarolikka ega bo'lgan bir necha futbolchisi ustidan FIFAga shikoyat qilgan. Shikoyatda Yevropa davlatlarida tug'ilgan olti nafardan to'qqiz nafargacha futbolchi Kongo DR sharafini himoya qilish huquqiga ega bo'lmagani, chunki ular qonunchilikka muvofiq Yevropa pasportlaridan voz kechish tartibidan o'tmagani takidlangan.


"Kongo DR qonunlariga ko'ra, qo'sh fuqarolikka ega bo'lish mumkin emas. Ularning terma jamoasi o'yinchilaridan ko'pchiligida Yevropa pasportlari bor – kimdadir Fransiya, kimdadir Niderlandiya pasporti. Qoidalar juda aniq. Biz hozir hech narsa deyolmaymiz, lekin FIFAga protest bildirdik. O'z fuqaroligini bor-yo'g'i uch oy ichida olgan o'yinchilar bor. Biz buni reglament buzilishi deb hisoblaymiz.


FIFA qoidalari Kongo DR qonunlaridan farq qiladi, shuning uchun FIFA ularning ishtirokini maqullagan. FIFA qoidalariga ko'ra, agar sizda mamlakatingiz pasporti bo'lsa, musobaqalarda qatnashish huquqiga egasiz. Ammo biz FIFA aldanganini takidlamoqdamiz, chunki Kongo DR qonunlariga rioya etilishini nazorat qilish ularning vazifasiga kirmaydi. FIFA o'z qoidalariga amal qiladi va aynan FIFAga taqdim etilgan hujjatlar asosida ular futbolchilarning Yevropa sport fuqaroligini bekor qilishgan. Biz buni firibgarlik deb hisoblaymiz", – dedi Nigeriya futbol federatsiyasi (NFF) bosh kotibi Muhammed Sanusi.

Nigeriyaning shikoyati bo'yicha qaror mart oyida bo'lib o'tadigan qitalararo pley-off o'yinlari boshlanguniga qadar qabul qilinishi kutilmoqda.


Eslatib o'tamiz, Kongo DR pley-off bahslarida g'alaba qozonsa, JCH-2026 guruh bosqichida O'zbekiston terma jamoasiga raqib bo'lishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN