

"FutbolJobs" nashri X (sobiq Twitter) sahifasida Nigeriya erkaklar futbol terma jamoasi bosh murabbiyligi vakantini e'lon qildi.
E'lon ichida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: "Nigeriya Futbol Federatsiyasi (NFF) o'z milliy jamoasi tizginini o'z qo'liga olish uchun istiqbolli bosh murabbiy qidirmoqda. Bu siz uchun sharafli tarixga ega jamoani boshqarish imkoniyatidir. Jamoaning xalqaro maydondagi shon-shuhratni oshirishga hissa qo'shing. Qo'ng'iroqqa javob berishga tayyormisiz?"

Biroq nomzodlar Afrikaning uch karra chempionini topshirish uchun bazi talablarga to'g'ri kelishi hamda etarlicha murabbiylik malakasiga ega bo'lishi kerak.
Ish haqi belgilanmagan, federatsiya bilan o'zaro kelishilishi ma'lum qilingan.



