"Niderlandiyaga qarshi JCH-1998 yarim finalida 32 kg ga ozganman"

Tolibjon Qosimov
3 yanv 2026
Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldo JCH-1998 yarim finali doirasida Niderlandiya terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvni yodga oldi.

"1998 yil, Niderlandiyaga qarshi JCH yarim finali. Penaltilar seriyasigacha bordik va nima uchunligini bilmayman, lekin men birinchi penaltini tepishim kerak edi. O'shanda atigi 20 yoshda edim.

To'pga yaqinlashgunimcha uni qaysi tomonga tepishni o'ylab bordim. Van der Sarning chap tomoniga qattiq zarba berishga qaror qildim. U baland bo'yli darvozabon. Shu zaylda 2 yil deganda penalti nuqtasiga yetib keldim (kuladi).

U qo'llari bilan qarsak chaldi va chapga qaradi. Keyin men uning o'ng tomoniga tepishga qaror qildim. Keyin u yana qarsak chaldi va o'ngga qaradi. Men to'pni o'ng tomon yuqoriga tepdim va yaratganga shukr-ki, u chapga sakradi. O'sha kuni men 32 kilogrammga ozdim (kuladi)".

Ma'lumot uchun, o'sha yarim finalning asosiy vaqti Ronaldo va Patrik Klyuyvertning gollari sabab 1:1 hisobida yakunlangan. Penaltilar seriyasida esa Braziliyadan Ronaldo, Rivaldo, Emerson va Dunga nuqtadan adashmagan. Niderlandiyadan esa Frank de bur va Bergkamp gol urgan, uchinchi va to'rtinchi zarbani ijro etgan Koku hamda Ronald de Bur esa 11 metrlikdan foydalana olmagan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/TouchlineX