“Nicca” “Monako”ning 20 yoshli hujumchisini 10 mln evroga sotib oldi

Aslanov Jasurbek
8 avg 2017, 01:15
Fransiyaning “Nicca” klubi “Monako”ning 20 yoshli hujumchisi Allan Sent-Maksimenning transferini rasman e'lon qildi.

Bugun yosh futbolchi Lyusen Favr murabbiylik qilayotgan jamoada tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va yangi klubi bilan shartnoma imzoladi. Shartnomaning barcha bandlari to'liq oshkor qilinmayapti.

Fransiya matbuotidagi xabarlarga tayanadigan bo'lsak, hujumchining transferi 10 mln evroni tashkil qiladi. O'tgan mavsumni Sent-Maksimen ijara asosida “Bastiya” safida o'tkazib, 33 ta o'yinda 3 ta gol kiritgan edi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: