"Nicca" bosh murabbiyi: "PSJ Mbappesiz va u bilan ikki xil jamoaga aylanadi"

Mirjalol Normatov
6 mar 2022
"Nicca" bosh murabbiyi Kristof Galte chempionat doirasida PSJ ustidan qozonilgan g'alaba haqida to'xtaldi.

"Ushbu mavsum biz PSJdan to'rt ochko oldik va shu orqali, balki, o'z yo'nalishimizni topib olayotgandirmiz. Ammo ular bizdan ancha oldinga o'tib kyetib bo'lishgan.

PSJda dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri Verratti bor, shuningdek, Neymar, Di Mariya, Messi ham o'ynaydi. Biroq PSJ Mbappe bilan va usiz ikki xil jamoaga aylanadi", - dedi Galte.

Eslatib o'tamiz, Mbappe bahsni diskvalifikaciya sababli o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal