Neymarning taqdimotini necha million braziliyalik tomosha qildi?

Aslanov Jasurbek
12 sen 2017
PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfining so'zlariga ko'ra, hujumchi Neymarning Parij klubi futbolchisi sifatida tanishtirilishini ko'rgan braziliyaliklar sonini eshitib hayratga tushgan.

"Men Globo TV egasi bilan suhbatlashdim. U mendan Neymarning taqdimot marosimini Braziliyadan qancha odam ko'rganini topishni so'radi. Avvaliga 5 mln. kishi dedim, keyin - 10 mln. Shunda u menga ushbu voqeani 85 mln. kishi kuzatganini aytdi. Hayratlanarli raqam. Gap faqat tanishtirish marosimi haqida ketmoqda" - deydi Al-Helayfi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS