Neymarning otasi agentga o'g'lini PSJdan boshqa klubga o'tkazishni so'radi

Aslanov Jasurbek
10 may 2018
PSJ hujumchisi Neymar yaqin vaqt ichida klubni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining otasi mashhur agent Pini Zaxaviga murojaat qilib, undan o'g'lini boshqa klubga o'tkazishni so'radi. Neymar Premer-ligada o'ynashni istamaydi, shunday ekan braziliyalikning keyingi klubi "Real" bo'lishi mumkin. 2017 yilning yozida Pini Zaxavi Neymarning "Barselona"dan PSJga o'tishida ishtirok etgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liberation.fr