Neymar, Vinisius va Risharlison Venesuelaga qarshi bahs oldidan inflyuenser qizlar kechasida ishtirok etgan bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
15 okt 2023
Neymar, Vinisius va Risharlison katta mojaro ostonasida turishibdi.

Ushbu ma'lumotni jurnalist Mateus Baldi e'lon qildi.

"Bu uch futbolchi Venesuelaga qarshi kechgan JCH-2026 saralash o'yinidan (1:1) avval inflyuenser qizlar kechasida ishtirok etgan bo'lishi mumkin.

"WhatApp tarmog'ida tarqalayotgan audioyozuvda Neymar Rebeka Ribeyro, Vinisius Letisia Sogiro, Risharlison esa Rita Lopes bilan kechada qolgan bo'lishi mumkin.

Internetda tarqalayotgan videoda Sogiro tongda Braziliya terma jamoasi to'xtagan mehmonxonada chiqib kelayotgani ko'ringan.

Neymarning tanishi sifatida ko'rsatilayotgan Rebeka esa internetga futbolchi bilan tushgan suratini qo'yib, uni "akam" deb atagan va tarqalgan mish-mishlardan so'ng video orqali chiqish qilgan.

Rebeka xatto bir necha kishini sudga berish bilan tahdid qildi. Letisiya va Rita hozircha voqea borasida izoh berishmadi" - deb yozdi jurnalist Baldi Instagramda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/matheusbaldi