Neymar va PSJning boshqa futbolchilari nega Xolandning harakatini takrorlashdi?

Eldor Akmurzayev
13 mar 2020
Xabaringiz bor, 11 mart kuni YCHL 1/8 final javob uchrashuvi doirasida PSJ o'z maydonida “Borussiya D”ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi va ikki o'yin natijasiga (1:2, 2:0) ko'ra keyingi bosqichga chiqdi.

Mazkur uchrashuvning 28-daqiqasida Neymar dortmundliklar darvozasini ishg'ol etib, golni xuddi Erling Xolandning Germaniyadagi "dzen" uslubidagi nishonlashi kabi takrorladi.

Ma'lum bo'lishicha, 19 yoshli forvard Parijdagi mehmonxonaga kelib joylashganidan keyin, snepchatdagi sahifasida, “Mening shahrim, seniki emas”, deb yozilgan izohi bilan "PARIS" yozuvli rasm joylagan.

Bu esa Neymarga maqul kelmadi va u Xolandga o'yin davomida hamda undan so'ng ham o'ziga xos javob qaytardi. Braziliyalik instagram'dagi sahifasiga, "Parij - bizning shahrimiz, seniki emas", deya post qo'ydi.

Bellashuv yakunlangach esa parijliklarning deyarli barcha a'zolari Erlingning harakatini takrorlashdi va kiyim almashtirish xonasida ham bu yuz berdi.


Akmurzaev Eldor tayyorladi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia