Neymar Superkubok medalini qo'lga kiritgach: "Maktabda ham mehnatni boshqalar qilardi, men esa shunchaki baho olgani borardim"

Administrator
13 apr 2024
Futbolchi Saudiya Arabistoni Superkubogi medali bilan taqdirlandi.

"Al Hilol" kecha Saudiya Arabistoni Superkubogi finalida "Al Ittihod"ni yirik hisobda mag'lub qilib, g'oliblikni qo'lga kiritdi. 

Ushbu turnirda birorta ham o'yin o'tkazmagan Neymarga medallar taqdim etildi va u jamoadoshlari bilan birga chempionlikni nishonladi. Braziliyalik futbolchi taqdirlash marosimidan so'ng o'z instagram sahifasida ushbu holat haqida hazillashdi.

"Maktabda ham shunday edi. Mehnatni boshqalar qilardi, men esa shunchaki kerakli bahoni olgani borardim", -deydi Neymar.


AdministratorMuallif
Manba: https://www.instagram.com/neymarjr/