Neymar PSJdan Al-Hilolga ketishining asl sababini aytdi

Khoja
19 dek 2024
Neymar nima uchun 2023 yilning yozida PSJdan Al Hilolga o'tganini tushuntirib berdi.

Al Hilolning taklifidan o'ng PSJni tark etishga qaror qildim. Qarorimga pulni hech qanday aloqasi yo'q edi.Men Parijda baxtli emas edim. Klub va murabbiylar meni jamoada ko'rishni istashmadi. Ular bilan bu haqida gaplashganimdan so'ng Parijdan ketish vaqti kelganini tushunib etdim. Shundan so'ng Al Hilol vakillari menga aloqaga chiqishdi. Men klub, mamlakat madaniyati va chempionat bilan tanishganimdan so'ng Saudiyaga borishga rozi bo'ldim, - deb fikr bildirdi Neymar.

Eslatib o'tamiz, Neymarning Al Hilol bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum jarohatlar sababli atigi 42 daqiqa harakat qildi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com