Neymar PSJ bilan Xitoyga yo'l oldi

Aslanov Jasurbek
2 avg 2018
PSJ "Monako"ga qarshi Fransiya Superkubogi bahsini o'tkazish uchun Xitoyning Shenjen shahriga yetib bordi.

JCH-2018dan so'ng tatilda bo'lgan braziliyalik hujumchi Neymar klub safiga qaytdi.

Neymar PSJ safidagi o'zining so'nggi uchrashuvini fevralda o'tkazgan edi. Forvard "Marsel"ga qarshi Fransiya chempionati o'yinida jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi.

Superkubok uchun bahsda PSJ hujumchisi Edinson Kavani jarohat tufayli ishtirok eta olmaydi. "Monako" qaydnomasiga forvard Radamel Falkao va SSKAdan xarid qilingan Aleksandr Golovin kiritilmadi.


Klub matbuot xizmati Neymarning video murojaatini joyladi va "Kim Shenjenda ekanligiga qarang" deb yozdi.


PSJ - "Monako" uchrashuvi 4 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com