Neymar "Oltin to'p" natijalari haqida: "Rafinyaning 5-o'rinda turishi - shunchaki masxarabozlik"

Administrator
23 sen 2025
Neymar Rafinyaning "Oltin to'p" uchun ovoz berishda 5-o'rinni egallashidan noroziligini bildirdi.

Kecha Parijda France Football talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. "Oltin to'p" sohibi "PSJ" qanot hujumchisi Usman Dembele bo'ldi.

Neymar braziliyalik ta’sirli shaxs Eduardo Semblanoning ijtimoiy tarmoqdagi postiga ovoz berish natijalarini tanqid qilib, izoh qoldirdi. Bloger yakuniy reytingning eng yuqori o'ntaligini e'lon qilib, shunday deb yozdi: "Ular o'zlaridan kyetib qolishdi. Bundan ko'ra, mukofotni yana Messiga berganlarida yaxshiroq bo'lardi! Jin ursin, Rafinya 5-o'rinda! Vitinya uchinchi, Saloh to'rtinchi? Dembele esa g'olib bo'ldi. Daf bo'linglar".

Neymar esa ushbu post ostida izoh qoldirdi. 

"Rafinyaning 5-o'rinda turishi - shunchaki masxarabozlik" - deb yozdi "Santos" hujumchisi Neymar.


AdministratorMuallif
Manba: CNN Brasil