Neymar: Maestro, sen bilan jamoadosh bo'lganimdan g'ururlanman

PSJ hujumchisi Neymar sobiq jamoadoshi Andres Inesta haqida fikr bildirdi.

“Maestro, sen bilan jamoadosh bo'lganimdan g'ururlanman. Yoshligimdan o'yinlaringni kuzatib kelaman. Sen bilan tanishganimda inson sifatida yoqtirib qoldim. Maydonda hamda undan tashqaridagi kamtarliging meni doim hayron qoldirgan. Endi doim do'stlarimga, oila a'zolarimga, bolalarimga, sendek futbolchi bilan bir jamoada o'ynaganman deb aytib yuraman. “Barselona” va muxlislaring sendan mamnun”, - deb yozadi Neymar o'zining Instagramdagi sahifasida.


Manba: Неймарнинг Инстаграмдаги саҳифаси