Neymar faoliyatini Yevropa klublaridan birida davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2025
"Marsel" "Santos" hujumchisi Neymarga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Fransiya klubi 33 yoshli braziliyalikni safiga qo'shib olmoqchi. Neymar yaqinda "Santos" bilan kelishuvini 2025 yil oxirigacha uzaytirgan bo'lsa ham, kelishuv amalga oshishi mumkin. Futbolchining o'zi Yevropaga qaytishga tayyor.

U 2025 yil barcha turnirlarda 15 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes