Neymar Yevropada saylovchi maqomini olmagani bois Braziliya prezidentlik saylovida ovoz bermadi

Sherzod Nurmatov
3 okt 2022
U Jair Bolsonaruni qo'llab-quvvatlayapti.

Neymar Braziliyadagi prezidentlik saylovlarida ovoz bera olmadi.

Ovoz berish kecha, 2 oktyabr kuni bo'lib o'tdi. Eng ko'p ovozni Luis Inasiu "Lula"da Silva (48,4 %) va amaldagi prezident Jair Bolsonaru (43,2 %) olgan. Ular 30 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan saylovning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Neymar uning saylovoldi kampaniyasi ohangiga raqsga tushib, Bolsonaruni qo'llab-quvvatlagan edi.

Biroq futbolchining o'zi ovoz berishda qatnasha olmadi, deb xabar berdi "El Mundo". PSJ forvardi Parijda "saylovchi maqomi"ni olishi kerak edi, biroq u Braziliyadan Yevropaga ko'chib o'tganidan beri (u 2013-yilda "Santos"dan "Barselona"ga o'tgan) kerakli hujjatlarni rasmiylashtirmadi. Shuning uchun futbolchi faqat San-Paulu shtatidagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin xolos.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Mundo