

Braziliya terma jamoasi yangi ustozi Tite ushbu qarorni qabul qilmoqchi, uni mamlakat futbol Federatsiyasi ham qo'llab quvvatlamoqchi.
23 yoshli futbolchi Braziliya olimpiya terma jamoasi safidagi o'yinlari tufayli OAV hamda muxlislar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.
Ko'pchilik Neymarning hakamlar bilan ko'p bahslashishi va yaxshi o'yin namoyish eta olmayotganidan norozi. Masalan, Neymar o'yin to'xtagan paytda jahl bilan to'pni maydon chetiga tepib yubordi.
Braziliya terma jamoasida sardor bo'lish uchun asosiy davogar PSJ himoyachisi Tiago Silva sanaladi.



