Neymar: "Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni jahon chempionatidagi muvaffaqiyatga tenglashtirsa bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
22 okt 2016
"Barselona" hujumchisi Neymar jamoaning 2014/15 mavsumda Chempionlar ligasidagi g'alabasini yuqori baholaydi.

Luis Enrike shogirlari o'sha mavsumdagi CHL finalida "Yuventus"ni 3:1 hisobida mag'lub etgan.

"Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni jahon chempionatidagi muvaffaqiyatga tenglashtirsa bo'ladi. Bir marotaba bunga erishdim va ushbu muvaffaqiyatni yana qaytarishga umid qilaman. Joriy mavsumda "Barselona" oldiga ushbu maqsadni qo'yish uchun barcha narsa bor. Agar o'z maqsadimizga erisha olishimizga ishonsak, buni amalga oshiramiz" - deydi Neymar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Barca TV