Neymar Braziliya terma jamoasidan 2025 yilgacha uni yig'inlarga chaqirmaslikni so'radi

Administrator
30 okt 2024
Futbolchi tiklanish jarayonini to'liq o'tkazmoqchi.

"Al Hilol" va Braziliya terma jamoalari futbolchisi Neymar oktyabr oyida uzoq muddatli og'ir jarohatidan tiklanib, maydonga qaytdi. Neymar OCHL Elit musobaqasi doirasida "Al Ayn"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi.

Globo nashri bergan ma'lumotga ko'ra, Neymar Braziliya futbol konfederatsiyasidan uni 2024 yil oxiriga qadar yig'inlarga jalb qilmaslikni so'ragan. Terma jamoadagilar Neymar "Al Hilol"da ko'proq o'yin amaliyoti olib, sport formasini yaxshilab tiklab olishi uchun bunga rozi bo'lishgan.

Shu tariqa, Neymar Braziliya termasining noyabr oyidagi yig'inlarida qatnashmaydi. Futbolchi Venesuela va Urugvayga qarshi o'tadigan JCH-2026 saralash o'yinlarini o'tkazib yuboradi. Neymarning qaytishi uchun ideal vaqt 2025 yilning mart oyi deb qaralmoqda. Mart oyidagi yig'inlarda Braziliya termasi Argentina va Kolumbiyaga qarshi kurash olib boradi. 


AdministratorMuallif
Manba: Globo