Neymar Braziliya olimpiya terma jamoasi sardori etib tayinlandi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2016
Braziliya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rojerio Mikalening ma'lum qilishicha "Barselona" hujumchisi Neymar Rio-de-Janeyrodagi futbol turnirida sardor bo'ladi.

"Neymar jamoa sardori bo'ladi. Bog'ichni Markinos, Rodrigo Kayo, Luan, Gabriel Jezus, Fernando Prass ham taqishi mumkin edi. Jamoa Neymarni juda yaxshi ko'radi" - deydi Mikale.

Braziliya olimpiya terma jamoasi turnirni 4 avgust kuni JARga qarshi bahs bilan boshlaydi. Ularning guruhida Iroq va Daniya jamoalari ham bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal