Neymar "Al Hilol"da sotib olgan qimmat mashinalarini Braziliyaga olib kelolmaydi

Aslanov Jasurbek
22 fev 2025
Neymar o'zining mashinalar kollekciyasini Braziliyaga olib kelolmaydi.

Braziliyalik hujumchi "Santos" bilan 30 iyungacha belgilangan bitimga imzo chekkan.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi 12 yil davomida Braziliyadan tashqarida futbol o'ynab, qimmatbaho avtomobillar kollekciyasin yiqqan.

Futbolchining avtoparkida Rolls-Royc Ghost ikkinchi avlodi, Aston Martin DBX, Bentley Continental GT, Lamborghini Huraca va Mercedes-Benz G klassining to'rtta mashinasi mavjud.

Uning eng yaxshi va eng qimmat mashinalari "Al Hilol" bilan tuzilgan shartnoma doirasida sotib olingan. Kelishuv bo'yicha Neymar yillik 160 mln. evrodan tashqari turli imkoniyatlarga ega bo'lgan.

Ammo Neymar hozir superkarlaridan foydalana olmaydi. Braziliya qonunchiligi mahalliy sanoatni himoya qilish va adolatsiz raqobatdan qochish uchun foydalanilgan avtomobillarni import qilishni cheklaydi. Import qilish uchun faqat o'ttiz yoshdan oshgan, allaqachon kollekciya sifatida qabul qilingan avtomobillarni olib kirishga ruxsat beriladi.

Ayni damda mashinalarning joyi haqida ma'lumotlar yo'q.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport