Netu "Barselona"ning kelasi mavsum uchun darvozabon libosini taqdim etdi

Alisher
10 iyul 2019
"Barselona"ning yangi futbolchisi Netu kataloniyaliklarning 2019/20 yilgi mavsum uchun darvozabon libosini taqdim etdi.

Liboslar "Barselona"ning uzoq yillardan beri hamkori hisoblangan "Nike" tomonidan yaratilgan.

Netu faoliyati mobaynida "Valensiya"dan tashqari "Atletiko Paranaense", "Fiorentina" va "Yuventus" klublarida o'ynagan.

Darvozabon yakunlangan mavsum klub safida 47ta o'yin o'tkazib, darvozasidan 49ta to'p olib chiqdi. Braziliya terma jamoasida esa 1ta o'yinda maydonga tushgan.

U yangi jamoasi safida 13-raqam ostida harakat qiladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/brfootball